Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi

Ma'lumot mavjud emas.

Kafedra tarixi

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi 2008 yil 20 mayda Kasbiy ta’lim kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedrada hozirgi vaqtda 8 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan 1 nafari DSc(Pedagogika fanlari bo‘yicha), professor, 1 nafari texnika fanlari nomzodi, professor, 2 nafari dotsent , 1 nafari katta o‘qituvchi hamda 3 nafari assistent o‘qituvchi bo‘lib, ilmiy salohiyat 30% ni tashkil etadi.
"Kafedrada asosan quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda tadqiqot ishlari olib boriladi: 1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at va chizmachilik fanlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish metodikasi. 2. Kasb-hunar kollejlarida muhandislik grafikasi fanini o‘qitishni takomillashtirish metodikasi 3. Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rgatish metodikasi. 4. Arxtektura fanlarini o‘qitish metodikasi. Mazkur ilmiy yo‘nalishlarda texnika fanlari nomzodi professor F.Ochilov, Pedogogika fanlari doktori, professor I.Kamolov rahbarligida tadqiqot ishlari olib boriladi. Kafedra o‘qituvchisi Qorjovov Bobur Jovliyevich kafedra tayanch doktoranti hisoblanib, 13.00.02 - ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Tasviriy san’at) ixtisosligi bo‘yicha “Tasviriy san’at darslarida talabalarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasi (OTM misolida)” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun olib borgan ilmiy ishi nihoyasiga yetdi. Ҳимоя қилиш арафасида турибди."
Kafedrada xalqaro aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Rossiya faderasiyasining Belgorod davlat milliy tadqiqotlar universiteti, Belgorod davlat texnologiya universiteti, Belgorod davlat san’at va madaniyat instituti, Krasnoyarsk davlat badiiy instituti, Gjel davlat universiteti, Orel davlat universiteti, Qozog‘iston Respublikasining Ko‘kchatov va Jetisuv davlat universitetlari hamda Janubiy Koreyaning Xanbat universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Ularga asosan hamkorlik aloqalari davom etmoqda. Belgorod davlat milliy tadqiqotlar universiteti va Qarshi davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik ta’lim dasturi asosida 47.03.01. “Pedagogik ta’lim” Tasviriy san’at va 5110800 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuv shartnoma imzolandi.

Biz bilan bog‘lanish

Hamkorlik, takliflar va murojaat uchun

TOP