Kafedra tarixi
“Musiqiy ta’lim” kafedrasi 1977 yildan tashkil topgan. Kafedraning tashkil etilishida dotsent Sami Aziz o‘g‘lining xizmatlari katta bo‘lgan. Uzoq yillar dotsent Sami Aziz o‘g‘li mazkur kafedrani boshqargan. Kafedrada keyingi yillarda prof. M.Abdukarimov, 2010-2015 yillarda dotsent R.Primov, 2015- 2020 yillarda o'qituvchi M. Muradovlar kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borganlar. 2020 yil 7 noyabrdan kafedrani dotsenti Primov Rashid Toshkulovich boshqarib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 10 nafar professor-o‘qituvchi, 1 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent, 2 nafar dotsent, 5 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar o`qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Musiqiy ta’lim kafedrasida “Musiqa ta’limiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar” hamda “Musiqa san’ati fanlarini o‘qitishning ilmiy metodik asoslari” mavzulari bo‘yicha ilmiy yo‘nalishlarda tadqiqot ishlari olib boriladi. Mazkur ilmiy yo‘nalishlarda 2023–yilda kafedra kata o‘qituvchisi M.SH.Kurbanova pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi. Keyingi yillarda kafedra mudiri R.T.Primov va kafedra katta o‘qituvchisi O.T.Xalilovalar “Musiqa san’ati” ixtisosligidan, kafedra katta o‘qituvchilari M.SH.Kurbanova va F.S.Azizovlar “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosliklaridan dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlarini natijasi sifatida 4 ta monografiya va OAK ro‘yxatidagi Respublika ilmiy jurnallarida 15 dan ortiq, Xalqaro ilmiy jurnallarida 20 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirilgan. 2023–2024-yillar davomida kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanmalari chop ettirilib, o‘quv jarayoniga tadbiq etib kelinmoqda.
Musiqiy ta’lim kafedrasi Rossiyaning Nijnevartovsk davlat universiteti hamda Tojikistonning Panjikent shahridagi Tojik pedagogika instituti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Mazkur oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari mavjud